Platformadan to'lovlarni qabul qilish bo'yicha
Ushbu hujjat O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 360-moddasi, 367-moddasi va boshqa tegishli huquqiy normalar asosida tuzilgan bo'lib, "OCHILBOYEV NURILLO NODIRJON O'G'LI" YaTT (keyingi o'rinlarda "Vositachi") tomonidan ommaviy tarzda taklif etilayotgan xizmatlar uchun tuzilgan shartnoma hisoblanadi.
Har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs (Keyingi o'rinlarda "Mijoz" yoki "Do'kon egasi") ushbu platformada buyurtma berish yoki ro'yxatdan o'tish orqali ushbu ofertaning barcha shartlarini qabul qilgan (ya'ni, aksept qilgan) hisoblanadi va tomonlar o'rtasida elektron shartnoma tuzilgan deb hisoblanadi.
Shartnoma elektron tarzda tuziladi va elektron hujjatlar to'g'risidagi qonunlarga muvofiq yuridik kuchga ega.
2.1. Vositachi Mijoz topshirig'iga muvofiq haq evaziga o'z nomidan va Mijoz hisobidan quyidagi bitimlarni tuzish majburiyatini oladi:
2.2. Vositachi Mijozlarga pulli asosda taqdim etilishi mumkin bo'lgan xizmatlarni o'z ichiga olishi mumkin. Bunday xizmatlarni faollashtirish Mijoz tomonidan mustaqil ravishda, o'z xohishiga ko'ra hamda xizmat tavsifi, uni taqdim etish shartlari, foydalanish narxi va boshqa ma'lumotlar ko'rsatilgan ommaviy oferta bilan tanishib chiqilgandan so'ng amalga oshiriladi.
2.3. Bitimlarni tuzishning aniq shartlari, sotishning eng past baholari darajasi, shuningdek mazkur shartnomaning 2.1-bandida ko'rsatilgan bitimlarga nisbatan Mijozning boshqa ko'rsatmalari Shartnomaga ilovasi sifatida yoxud alohida hujjat ko'rinishida taqdim etilishi mumkin.
3.1.1. Vositachi mijozning topshirig'i asosida, o'z nomidan, ammo mijoz hisobidan litsenziyalangan to'lov tizimlari (Payme, Click va boshqalar) bilan shartnomalar tuzish va hamkorlik aloqalarini yuritish huquqiga ega.
3.1.2. Vositachi bu faoliyatni mijoz manfaatlarini ko'zlab, eng foydali shartlarda amalga oshirishi shart.
3.1.3. Shu bilan birga, to'lov tizimlari bilan tuzilgan shartnomalar bo'yicha barcha to'lovlar, hisoblar va xizmatlar Vositachi orqali amalga oshiriladi va ular bo'yicha mas'uliyat Vositachiga yuklanadi.
3.1.4. Mijoz esa Vositachining bu boradagi harakatlarini o'z topshirig'i asosida bajarilgan deb hisoblaydi.
3.1.5. Vositachi topshiriqni bajarish bilan bog'liq holda unga ma'lum bo'lgan va Mijozning tijorat sirini tashkil etadigan ma'lumotlarni sir saqlash majburiyatini oladi.
3.2.1. Vositachi Mijoz topshirig'iga asosan, o'z nomidan, lekin Mijoz hisobidan litsenziyalangan to'lov tizimlari (Payme, Click, Apelsin, Uzum Pay va boshqalar) bilan shartnomalar tuzish va ularga xizmatlar ulash huquqiga ega.
3.2.2. Vositachi to'lov tizimlari orqali amalga oshirilgan barcha tranzaksiyalarni qayd etish, tushgan mablag'larni vaqtincha o'z hisobida saqlab turish, audit yuritish, shuningdek mijoz bilan kelishilgan tartibda mablag'larni Mijozga o'tkazish huquqiga ega.
3.2.3. Vositachi amalga oshirilgan har bir to'lov yoki xizmat ko'rsatish uchun belgilangan komissiya (vositachilik haqi) miqdorini avtomatik tarzda ushlab qolish va bu miqdorni o'z foydasi sifatida saqlab qolish huquqiga ega.
3.2.4. Vositachi to'lov tizimlarining texnik talablari asosida API integratsiyasi, xavfsizlik sozlamalari, SMS-kodlar va interfeyslarni mustaqil tarzda boshqarish, sozlash va xizmatni yo'lga qo'yish huquqiga ega.
3.2.5. Vositachi shubhali yoki noto'g'ri identifikatsiya qilingan to'lovlar holatida mablag'larni vaqtincha bloklash yoki Mijozga to'lovni qaytarishdan bosh tortish huquqiga ega, agar bu holatlar qonuniy va shartnoma asosida asoslangan bo'lsa.
3.2.6. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi yoki mazkur Shartnoma shartlarining Vositachi tomonidan buzilishiga olib kelsa, Vositachi operatsiyalarni amalga oshirishda Mijozga rad etish huquqiga ega.
3.3.1. Mazkur Shartnoma talablarini bajarish.
3.3.2. Mijoz shartnomaning 2.1-bandida ko'zda tutilgan bitimlarni tuzish shartlari va xususiyatlari to'g'risida o'z vaqtida Vositachini xabardor qilishi shart.
3.3.3. Mijoz topshiriqqa muvofiq ijro etilgan hamma narsani Vositachidan qabul qilib olishi, o'zi uchun Vositachi tomonidan sotib olingan mol-mulkni ko'zdan kechirishi va ushbu mol-mulkda aniqlangan kamchiliklar to'g'risida darhol Vositachini xabardor qilishi, Vositachini vositachilik topshirig'ini bajarish yuzasidan uchinchi shaxs oldida o'z zimmasiga olgan majburiyatlardan ozod qilishi shart.
3.3.4. To'lovlar bajarilgandan so'ng Mijoz Vositachiga ushbu shartnomaning 5.4-bandida nazarda tutilgan miqdorda haq to'lashi shart.
3.3.5. Mijoz vositachilik haqidan tashqari, topshiriqni bajarish uchun sarf qilingan, ushbu shartnomaning 5.8-bandida nazarda tutilgan zarur xarajatlarni ham Vositachiga to'lashi shart.
3.3.6. Platforma orqali noqonuniy moliyaviy operatsiyalarni, noqonuniy savdo, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirishga qaratilgan operatsiyalarni, qonunchilik bilan taqiqlangan boshqa xatti-harakatlar yoki daromadni yashirish kabi harakatlarni bajarmaslik.
3.4. Vositachi Ofertaning o'zgartirilgan tahririni inpay.uz saytida e'lon qilish orqali bir tomonlama tartibda ushbu Ofertani o'zgartirish huquqiga ega.
3.5. Ofertaning o'zgartirilgan tahriri, asosan, inpay.uz veb-saytida joylashtirilgan kundan boshlab 15 (o'n besh) kalendar kundan kech bo'lmagan muddatda kuchga kiradi.
3.6. Agar Ofertaning o'zgartirilgan tahriri kuchga kirgunga qadar Mijoz akkauntini o'chirib tashlamasa, o'zgartirishlar Mijoz tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.
4.1. Tomonlar ushbu Shartnoma shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladilar.
4.2. Mijoz mazkur Shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik natijasida yuzaga keladigan har qanday zarar yoki boshqa salbiy oqibatlar uchun javobgar bo'ladi.
4.3. Muvaffaqiyatli to'langan to'lovlarni yechib olish uchun mijoz Vositachini xabardor qilishi shart. Agarda mijoz bu haqida vositachiga xabar bermasa, Vositachi buning uchun javobgar bo'lmaydi.
4.4. Mijoz himoyalanmagan ulanishlardan foydalanadigan yoki zararli dasturlar va ilovalar tahdidi ostida bo'lgan qurilmada shaxsiy ma'lumotlarini kiritganda ularning xavfsizligi uchun to'liq javobgar bo'ladi.
4.5. Vositachi mazkur shartnomaning 5.8-bandida nazarda tutilgan summani to'lash muddatini kechiktirgan taqdirda, har bir kechiktirilgan kuni uchun to'lanadigan summaning 0.03% miqdorida jarima to'laydi.
4.6. Mazkur Shartnoma shartlarining lozim darajada bajarilmaganligi uchun, agar bunday bajarmaslik Mijoz tomonidan Shartnoma shartlarining ijro etilmaganligi oqibatida yuzaga kelsa, Vositachi javobgar bo'lmaydi.
4.7. Vositachi Mijozning ushbu Ofertaning shartlari, shuningdek, Platformada faollashtirilgan pulli xizmatlar ofertalari bilan tanishib chiqmaganligi va (yoki) o'z vaqtida tanishib chiqmaganligi sababli yuzaga kelgan har qanday yo'qotishlar uchun javobgar bo'lmaydi.
5.1. Vositachiga Mijoz hisobidan tushgan barcha summalar hisobidan, ushbu shartnoma bo'yicha to'lanadigan xizmat haqi, xarajatlar va boshqa belgilangan summalarni ushlab qolish huquqi beriladi.
5.2. Mijoz ushbu shartnoma shartlarini buzgan holatlar yoki uzrli sabablarga ko'ra topshiriqni bajarishning iloji bo'lmagan holatlardan tashqari, Vositachi qabul qilingan topshiriqni bajarishdan bosh tortishga haqli emas.
5.3. Mijoz istagan vaqtda Vositachiga berilgan topshiriqni ushbu shartnomaning ko'zda tutilgan tartibga rioya qilgan holda bekor qilishga haqli.
| To'lov turi | Tavsif | Miqdori / Foizi | Izoh |
|---|---|---|---|
| Xizmat komissiyasi | Vositachining har bir amalga oshirilgan to'lov uchun oladigan xizmat haqi | 4% | Mijoz bilan alohida kelishuvga asosan belgilanadi |
| Integratsiya to'lovi | To'lov tizimlari bilan texnik ulanish va sozlash ishlari uchun | 0 so'm | Dastlabki ulanish jarayonida olinadi |
| Qo'shimcha xizmatlar | "Rasmiy" belgisi | Kelishuv asosida | Talabga ko'ra va takliflar asosida faollashtiriladi |
| Tarif uchun kechiktirilgan to'lov | To'lovlar belgilangan muddatda o'tkazilmasa, jarima qo'llaniladi | 0.03% kuniga | O'tgan har bir kun uchun hisoblanadi |
5.5. Agar Mijoz yuridik shaxs bo'lib, uning faoliyati tugatilgan taqdirda, Vositachi Mijoz vakillaridan rasmiy ko'rsatmalar olmaguniga qadar, mavjud topshiriqni bajarishda davom etishga haqli.
5.6. Vositachi Mijoz belgilagan tariflar yoki komissiya shartlariga nisbatan foydaliroq (ya'ni pastroq komissiya yoki qo'shimcha bonuslar) bilan to'lov tizimi bilan bitim tuzgan taqdirda, bu foydaning ma'lum foizi Mijozga, qolgan foizi esa Vositachiga tegishli bo'ladi. Bu foizlar alohida kelishuv bilan belgilanadi.
5.7. Agar Vositachi Mijoz belgilagan tarifdan yuqoriroq komissiya yoki yomonroq shartlarda shartnoma tuzsa, u bunday holat zarurat tufayli yuz berganini isbotlashi shart. Aks holda, ortiqcha to'langan komissiya farqini Mijozga qaytarib berishi lozim.
5.8. To'lov tizimlari orqali qabul qilingan umumiy mablag'lardan:
5.9. Vositachi to'lov tizimlari orqali Mijoz hisobiga tushgan barcha mablag'lardan o'zining ushbu shartnomaga asosan olishi lozim bo'lgan summalarni avtomatik ushlab qolish huquqiga ega.
6.1. Mijoz istalgan vaqtda platformadagi akkauntni o'chirib tashlash orqali Shartnomani ijro etishdan bosh tortish huquqiga ega.
6.2. Mijoz bilan tuzilgan Shartnoma akkaunt o'chirib tashlanganidan so'ng darhol bekor qilingan hisoblanadi. Akkauntni o'chirib tashlash, shuningdek, agar xizmatlar faollashtirilgan bo'lsa, platforma doirasida pulli xizmatlar bo'yicha Shartnomalarning bekor qilinishini anglatadi.
6.3. Vositachi mazkur Shartnomada belgilangan holatlarda Shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqli.
7.1. Taraflar shartnoma tuzilgandan keyin oqilona vositalar bilan oldindan ko'ra olmagan yoki bartaraf eta olmagan favqulodda hodisalar natijasida yuzaga kelgan yengib bo'lmas kuch oqibatida bajarmaslikka sabab bo'lgan holda, Shartnoma bo'yicha majburiyatlarini to'liq yoki qisman bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar. Bunday holatlar bo'lib tabiiy ofatlar, harbiy harakatlar, epidemiyalar, hamda Taraflar fors-major holati deb hisoblaydigan holatlar bo'lishi mumkin.
8.1. Ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan har qanday nizo Mijozning murojaatiga asosan kelishuv yo'li bilan yoki da'vo tartibida hal qilinishi kerak. Murojaatni ko'rib chiqish muddati va tartibi hamda uning mazmuniga qo'yiladigan talablar inpay.uz saytida joylashtirilgan Vositachida murojaatlarni ko'rib chiqish qoidalari bilan belgilanadi.
8.2. Agar yuzaga kelgan nizo da'vo tartibida hal etilmasa, u da'vogarning tanloviga ko'ra quyidagi sudlarda ko'rilishi lozim: Fuqarolik ishlari bo'yicha Furqat tumanlararo sudi, yoki javobgarning yashash/ro'yxatdan o'tgan joyi bo'yicha O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda.
8.3. Texnik qo'llab-quvvatlash xizmatlari Foydalanuvchilarga faqat so'rovlarni qabul qilish orqali taqdim etiladi. Foydalanuvchilarning so'rovlari Vositachininh qo'llab-quvvatlash xizmati tomonidan info@inpay.uz elektron pochtasi yoki inpay.uz saytida ko'rsatilgan telefon raqami orqali qabul qilinadi.
9.1. Shartnomada bevosita nazarda tutilmagan barcha holatlarda Tomonlar O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga va ish yuritish odatlariga amal qiladilar.
9.2. Ushbu Ofertani qabul qilish orqali Mijoz Shartnomaning barcha shartlariga va inpay.uz saytida joylashtirilgan Vositachining shaxsga doir ma'lumotlarning maxfiylik siyosatiga so'zsiz roziligini tasdiqlaydi.
9.3. Shartnoma bilan nazarda tutilmagan barcha masalalar amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
9.4. Mazkur shartnomaga barcha ilovalar uning ajralmas qismi bo'lib hisoblanadi.
Biz bilan hamkorlik qilayotgan foydalanuvchilarimizdan biz asosan email, ism, telefon raqami, telegram ID ma'lumotlarini qabul qilamiz. Ushbu ma'lumotlar bizning xizmatlarimizni foydalanuvchilarga yetkazish va ularning ma'lumotlari xavfsizligini ta'minlash uchun talab qilinadi.
Yo'q. Biz hech qanday ma'lumotlarni uchinchi shaxslar bilan baham ko'rmaymiz. Bizning asosiy qoidalarga ko'ra foydalanuvchilar ma'lumotlari maxfiy tarzda saqlanadi.
Ha, biz loyihalarimizni rivojlantirish davrida foydalanuvchilardan yangi ma'lumotlarni talab qilishimiz mumkin. Ushbu ma'lumotlar foydalanuvchi ogohlantirilgan holda qabul qilinadi. Ba'zi vaziyatlarda buyurtmalarni boshqarishda foydalanuvchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar ham talab qilinishi mumkin. Ushbu ma'lumotlar xizmat ko'rsatuvchi tomonidan har qanday holatda ham maxfiy tarzda saqlanadi.
Ha. Foydalanuvchilar istalgan vaqtda o'z ma'lumotlarini to'liq o'chirishni so'rab ariza yozishlari mumkin. Buning uchun @inspire_wallet Telegram manziliga o'chirilishi kerak bo'lgan hisobga bog'langan Telegram orqali xabar yuborishlari yetarli. Ma'lumotlar 3 ish kuni davomida o'chiriladi va natija foydalanuvchi profiliga xabar yuboriladi.
Yo'q. Biz o'chirilgan ma'lumotlar uchun javob bermaymiz va ushbu ma'lumotlarni tiklash imkoniyati mavjud emas.
Agar savol, taklif yoki muammo bo'lsa, quyidagi usullar orqali biz bilan bog'lanishingiz mumkin: