Ushbu shartnoma “OCHILBOYEV NURILLO NODIRJON O'G'LI” YaTT
INN: 641025183, Bank: AO "Uzum Bank", H/r: 2020 6000 9903 4058 1001 va foydalanuvchi o‘rtasida tuziladi.
Shartnoma O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga hamda umummilliy va xalqaro to‘lov tizimlari shu jumladan YooKassa talablari asosida yuritiladi.
1.1 inPAY.uz web sayt, telegram bot va boshqa loyihalarimizdan ro‘yxatdan o‘tgan har qanday shaxs ushbu shartnomaga rozilik bildirganini anglatadi.
1.2 Ushbu shartnoma xizmat ko‘rsatuvchining bir tomonlama qaroriga asosan bekor qilinishi mumkin.
1.3 Xizmat ko‘rsatuvchi shartnomaning bekor qilinish sababini maxfiy saqlash huquqiga ega.
3.1 Onlayn to‘lovlarni amalga oshirishni o‘z bo‘yniga oladi.
3.2 Har qanday yangilanish haqida foydalanuvchilarga xabar beradi. Yangilanishlar inPAY.uz rasmiy sahifalari hamda
Telegramdagi rasmiy @inPAYuzbot orqali yetkaziladi.
4.1 Ushbu shartnoma qoidalariga qat’iy amal qilishga majbur.
4.2 inPAY.uz ma’lumotlaridan foydalanganda saytni manba sifatida ko‘rsatish shart.
4.3 inPAY.uz nomidan boshqa joylarda ma’lumot tarqatish taqiqlanadi.
4.4 Xizmatdan istalgan vaqtda voz kechish.
4.5 O‘z ma’lumotlarini yangilash va o‘chirish.
4.6 Shikoyat va taklif bildirish.
5.1 Ushbu shartnoma istalgan vaqtda xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan o‘zgartirilishi yoki qo‘shimcha kiritilishi mumkin.
5.2 Yangilangan shartnoma inPAY.uz rasmiy saytida e’lon qilinadi.
Hamkor platformadan foydalanish orqali ushbu shartnomaga rozilik bildiradi.
inPAY.uz – xizmatlarni sifatli ko‘rsatish va qonuniy to‘lovlarni amalga oshirish.
Hamkor – faqat haqiqiy va qonuniy ma’lumotlarni taqdim etish.
Hamkor hujjatlarni platforma orqali yuklashga majbur. Barcha hujjatlar inPAY.uz ma’muriyati tomonidan tekshiriladi.
Soxta yoki noqonuniy ma’lumotlar taqdim etilsa, shartnoma bekor qilinadi va qonuniy choralar ko‘riladi.
inPAY.uz istalgan vaqtda shartnomaga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega. Yangilangan shartlar e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hamkor platformadan pul yechish komissiyasi har bir to'lov uchun 4% deb belgilangan.
Bu shartnomadagi komissiya foizi kelajakda ma'lum bir shartlar asosida pasaytirilishi yoki qo'shimcha takliklar bilan qimmatlashishi mumkin.
Har bir yechib olish uchun komissiya 4% miqdorida belgilanadi.
To‘lov bekor qilingan yoki noto‘g‘ri amalga oshirilgan holatda, foydalanuvchi REFUNT (pulni qaytarish) so‘rashi mumkin.
Refund muddati 5–7 ish kunini tashkil qiladi.
Pul faqat foydalanuvchining o‘z hisobiga qaytariladi.
Biz bilan hamkorlik qilayotgan foydalanuvchilarimizdan biz asosan email, ism, telegram ID ma'lumotlarini qabul qilamiz. Ushbu ma'lumotlar bizning xizmatlarimizni foydalanuvchilarga yetkazish va ularning ma'lumotlari xavfsizligini ta'minlash uchun talab qilinadi.
Yo‘q. Biz hech qanday ma'lumotlarni uchinchi shaxslar bilan baham ko‘rmaymiz.
Bizning asosiy qoidalarga ko‘ra foydalanuvchilar ma'lumotlari maxfiy tarzda saqlanadi.
Ha, biz loyihalarimizni rivojlantirish davrida foydalanuvchilardan yangi ma'lumotlarni talab qilishimiz mumkin. Ushbu ma'lumotlar foydalanuvchi ogohlantirilgan holda qabul qilinadi. Ba'zi vaziyatlarda buyurtmalarni boshqarishda foydalanuvchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar ham talab qilinishi mumkin. Ushbu ma'lumotlar xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan har qanday holatda ham maxfiy tarzda saqlanadi.
Ha. Foydalanuvchilar istalgan vaqtda o‘z ma'lumotlarini to‘liq o‘chirishni so‘rab ariza yozishlari mumkin. Buning uchun @inspire_wallet Telegram manziliga o‘chirilishi kerak bo‘lgan hisobga bog‘langan Telegram orqali xabar yuborishlari yetarli. Ma'lumotlar 3 ish kuni davomida o‘chiriladi va natija foydalanuvchi profiliga xabar yuboriladi.
Foydalanuvchi ushbu shartnomaga rozilik bildirgan holda o‘z ma’lumotlarini qayta ishlashga ruxsat beradi.
inPAY.uz saytida cookies va loglar ishlatiladi, ular xizmat sifatini oshirish maqsadida qo‘llanadi.
Yo‘q. Biz o‘chirilgan ma'lumotlar uchun javob bermaymiz va ushbu ma'lumotlarni tiklash imkoniyati mavjud emas.
Agar savol, taklif yoki muammo bo‘lsa, quyidagi usullar orqali biz bilan bog‘lanishingiz mumkin:
So‘ngi yangilanish: 09.09.2025 22:00 UZB