To'lovlarni oson qabul qiling, soting va savdo hajmini oshiring

Mijozlaringiz uchun qulay to'lovlarni qabul qiling va daromadingizni oshiring. Payme, Click, Plum, UzQR, Paynet va bank kartalari — bitta platformada, atigi 5 daqiqada tayyor!

Mijoz
To'lov qiladi
PaymeClickVisa
Shifrlangan
inPAY
inPAY
Qabul + imzo tekshiruvi
Bir zumda
Balansingiz
Hisobga tushadi
+2 450 000so'm
Bizneslar uchun
01

To'lovlarni bir necha daqiqada qabul qiling

Tayyor kassa, havola yoki QR — murakkab sozlashsiz.

02

Barcha tushumlar bitta hisobda

Payme, Click, PLUM va karta to'lovlari yagona balansga.

03

Pulni istalgan vaqt yeching

Kartaga yoki hisobga tez va shaffof pul chiqarish.

Dasturchilar uchun
01

Toza REST API va webhook

Bir nechta so'rov bilan to'lov yarating va holatni real vaqtda oling.

02

Ikki xil webhook oqimi

Imzoli JSON va forma callback — ikkalasi hujjatlashtirilgan.

03

Sinov muhiti va loglar

Har bir tranzaksiya manbai va IP audit uchun saqlanadi.

Biznes yechimlari

Har qanday biznes uchun kassa yechimlari

Onlayn-NKM, toʻlov terminali, virtual kassa va yagona QR: toʻlovlarni qabul qilish hamda tovar hisobini yuritish tizimi.

Kassa & NKM

Biznes uchun kassa yechimlar

Onlayn-NKM, toʻlov terminali va virtual kassa: toʻlovlarni qabul qilish, fiskallashtirish hamda tovar hisobini yuritish tizimi

Virtual POS terminal
inPAY QR stendi
Oflayn stend

Oflayn ekvayring

Toʻlovlarni qabul qilish uchun yagona QR-kod. +5 xil toʻlov usuli: kartalar, toʻlov servislari va bank ilovalari orqali.

Telegram Bot Mockup
E-Commerce & Bot

Onlayn ekvayring

Sayt, ilovalar, telegram-botlar va boshqa kanallar orqali toʻlovlarni onlayn qabul qilish

Kichik biznes

Oʻzini oʻzi band qilganlar va YaTTlarga

Biznesni roʻyxatdan oʻtkazish va boshqarish ilovasi hamda qulay kassa nazorati

Chakana savdo

Oflayn ekvayring

Toʻlovlarni qabul qilish uchun yagona QR-kod. +5 xil toʻlov usuli: kartalar, toʻlov servislari va bank ilovalari orqali.

Yagona integratsiya

Ko'p tizimli bitta yechim

inPAY barcha mahalliy to'lov tizimlari bilan muvofiqligini ta'minlaydi va biznesingizni yagona API orqali ularga ulaydi.

Tezkor ulanish
5 daqiqada integratsiya
Ishonchli va xavfsiz
PCI DSS standartlariga mos
Yagona API
Barcha to'lovlar uchun bitta API
Yuqori konversiya
To'lov muvaffaqiyatini oshiring
Ariza yuborish
inPAY
Uzcard
Click
Payme
Humo
Visa
Mastercard
Paynet
Alif
PLUM
UzQR
Nega inPAY?

Oddiy toʻlov usullari bilan taqqoslash

Nega toʻlov tizimlarini alohida ulagandan koʻra inPAY bilan ishlash biznesingiz uchun 10 barobar qulay va tejamkor?

Xususiyat
inPAY Tavsiya etiladi
Har birini alohida ulash
Ulanish vaqti Shartnoma va faollashtirish
5 daqiqa Bitta qulay shartnoma orqali bir zumda faollashtirish
2–4 hafta Har bir bankka alohida hujjat va uzoq navbat
Toʻlov usullari Mavjud tizimlar soni
10+ ta toʻlov usuli Uzcard, Humo, Click, Payme, UzQR, Plum, Paynet, Visa, Mastercard
Faqat 1–2 ta tizim Qolgan xaridorlar toʻlay olmaydi va xaridni bekor qiladi
Dasturchi xarajati Texnik integratsiya
0 soʻm xarajat Tayyor Telegram bot, Market va 1 qatorli vidjet
Katta xarajat Har bir tizimga alohida dasturchi yollash va toʻlov qilish
Yagona balans va hisobot Buxgalteriya va tahlil
Bitta kabinetda jamlangan Barcha tushumlar, yechib olish va fiskal cheklar bitta joyda
Sochilib yotadi 5 ta turli xil admin panel va doimiy chalkash hisobotlar
Ulanish vaqti Shartnoma va faollashtirish
inPAY
5 daqiqa Bitta qulay shartnoma orqali bir zumda faollashtirish
Alohida ulash
2–4 hafta Har bir bankka alohida hujjat va navbat
Toʻlov usullari Mavjud tizimlar soni
inPAY
10+ ta toʻlov usuli Uzcard, Humo, Click, Payme, UzQR, Plum, Visa...
Alohida ulash
Faqat 1–2 ta tizim Koʻp mijozlar toʻlay olmaydi
Dasturchi xarajati Texnik integratsiya
inPAY
0 soʻm xarajat Tayyor Telegram bot, Market va 1 qatorli vidjet
Alohida ulash
Katta xarajat Har bir tizimga dasturchi yollash kerak
Yagona balans va hisobot Buxgalteriya va tahlil
inPAY
Bitta kabinetda jamlangan Barcha tushumlar va cheklar bitta joyda
Alohida ulash
Sochilib yotadi 5 ta turli xil kabinet va chalkash hisobotlar
Bir platforma

Barcha to'lov imkoniyatlari bir joyda

Qabul qilishdan hisobotgacha — inPAY biznesingizning butun to'lov oqimini boshqaradi.

Ishonch
298+
faol biznes allaqachon inPAY'da
ArticraftCanvoraGOXOST.NETNerezy+294
o'sib boryapti
Havola & QR

Bir bosishda to'lov

To'lov havolasi yoki QR yarating va mijozga yuboring.

Penny
Penny.uz

Saqlangan karta bilan to'lov

Xaridor kartasini Penny hisobiga bir marta saqlaydi va keyingi to'lovlarni karta raqamini qayta kiritmasdan amalga oshiradi.

Penny haqida
CRM

Mijozlar va buyurtmalar —
bitta boshqaruvda

Har bir to'lovchi, buyurtma va tushum avtomatik yoziladi. Mijozlar bazasi, buyurtma holati va real-time hisobotlar — hammasi kabinetda.

  • Mijozlar bazasi va to'lov tarixi
  • Buyurtma holati va SMS/xabar bildirishnomalari
  • Kunlik/oylik daromad va grafik hisobotlar
Kabinetni ochish
Boshqaruv paneli● Live
12.4 mlnOylik aylanma
348Buyurtma
+18%O'sish
AK
A. Karimov
+998 90 *** ** 12
+450 000
MR
M. Rahimova
+998 93 *** ** 84
+1 200 000
JT
J. To'rayev
+998 97 *** ** 05
+89 000

Bank kartalari

HUMO va UZCARD kartalaridan to'lovlarni qabul qilish

UZCARD, HUMO, Mastercard, VISA

Messenjerlar

Telegram-bot orqali to'lovlarni qabul qilish

Telegram Bot To'lov
Market

Onlayn do'kon —
kodsiz, 10 daqiqada

Mahsulot qo'shing, yetkazish zonalarini belgilang va to'lovni to'g'ridan-to'g'ri qabul qiling. Sizga alohida sayt yoki dasturchi kerak emas.

  • Mahsulot va rasm qo'shish, moderatsiya
  • Yetkazish zonalari va savat
  • Buyurtma oqimi + SMS + to'lov integratsiyasi
Do'kon yaratish
Mening do'konim 24 mahsulot
Simsiz quloqchin
Simsiz quloqchin
349 000
Smart soat
Smart soat
899 000
Krossovka
Krossovka
520 000
Sumka
Sumka
240 000
Eksklyuziv · faqat inPAY'da

Avto to'lov —
obuna puli o'zi yechiladi

Mijoz kartasini bir marta bog'laydi — keyingi to'lovlar SMS kod so'ralmasdan avtomatik yechiladi. Obuna, bo'lib to'lash, muddatli xizmat va avtomatik to'ldirish uchun. Bu imkoniyat har bir kassa uchun alohida ariza asosida ochiladi.

  • Karta raqami sizga ko'rinmaydi — faqat card_id
  • Har karta uchun mandat kodi — nizoda isbot
  • Har yechimdan keyin mijozga SMS ketadi
  • Mijoz istalgan payt inpay.uz/kartam dan uzadi
  • Bitta / kunlik / oylik chegaralar va xesh-zanjirli jurnal
API hujjatlari
Obuna to'lovi avtomatik
•••• 0777
Mandat: M-260728-BF1B14
49 000
UZS
SMS · 4546
inPAY tizimida *0777 kartangizdan «Kinoteatr» uchun 49 000 so'm yechildi. Sabab : Avgust obunasi. Bekor qilish : inpay.uz/kartam
card_id + imzolangan so'rov POST /api/v1/cards/charge
BYOK · O'z kalitingiz

O'z to'lov kalitingiz bilan to'g'ridan-to'g'ri

Payme yoki Click kabinetingiz kalitini ulang — mijoz to'lovi bevosita sizning hisobingizga tushadi. inPAY faqat oqimni boshqaradi.

  • O'z kalitingizPayme cashbox / Click kalitini ulang
  • To'g'ridan-to'g'ri hisobPul bevosita sizga tushadi
  • To'liq nazoratTranzaksiyalar o'z kassangizda
  • Bir marta sozlanginPAY qolganini avtomatlashtiradi
Mijoz
To'lov qiladi
inPAY kassa
Hisobot + nazorat
Hisobingiz
Tushadi

Standart rejim: to'lov inPAY kassasi orqali, hisobot va nazorat inPAY panelida.

Payme cashbox ••••  8f2c
Click service ••••  a91b
Qanday ishlaydi

Ulanish uchun bosqichlar

  1. Sizning arizangiz

    Saytimizda arizani to'ldiring.

  2. Shaxsiy kabinetingizga kirish

    Analitikani sozlash va ko'rish imkoniyatiga ega to'liq shaxsiy hisobingizga darhol kirasiz.

  3. Texnik ulanish

    To'lov tizimini saytingizga integratsiya qilish bo'yicha maslahat oling.

  4. Oferta imzolash

    Biz bilan ofertani imzolang.

  5. Savdolaringizni oshiring

    Savdo o'sishi va biznes rivojidan zavqlaning.

700+
Foydalanuvchilar
298+
Bizneslar
32 322+
Tranzaksiyalar
Xavfsizlik

Pulingiz va mijozlaringiz himoyada

To'lov qabul qilishdan hisobingizga kirishgacha — har bir bosqichda alohida himoya ishlaydi.

Firibgarlikka qarshi tizim

Har bir to'lov xavf qoidalari bo'yicha baholanadi; shubhali to'lov o'tkazilmaydi yoki qo'shimcha tekshiruvga tushadi.

Qora ro'yxatlar

Firibgarlikda qo'lga tushgan telefon, karta, IP manzil va qurilmalar bloklanadi.

API himoyasi

IP oq ro'yxati, muddatli kirish tokenlari va so'rovlar chegarasi — kalitingizdan faqat o'z serveringiz foydalana olishi uchun.

Hisob himoyasi

Passkey va ikki bosqichli tasdiqlash, faol seanslarni ko'rish va istalganini bir bosishda uzish.

Soxta saytlardan himoya

inPAY sahifalarining soxta nusxalari aniqlanadi va foydalanuvchi ogohlantiriladi.

Hujumlardan himoya

Parol tanlash va ommaviy so'rov hujumlari avtomatik aniqlanib, manbasi bloklanadi.

Tariflar

Biznesingizga mos tarif

Ro'yxatdan o'tish bepul. Faqat ishlatgan xizmatingiz uchun to'laysiz.

Yechish komissiyasi — 6%
Standart
Bepul
Boshlovchi bizneslar va kichik loyihalar uchun.
  • Asosiy funksiya
  • Oylik 500 tranzaksiya
  • Standart komissiya
  • API kengaytmalari
  • Email yordam
  • Yechish komissiyasi 6%
Ariza yuborish
Ommabop
Premium
75 990 so'm/oy
O'sayotgan biznes uchun keng imkoniyatlar.
  • 5x Tezroq jarayon
  • Oshirilgan 20,000 Tranzaksiya
  • 10 tagacha Kassa
  • AI tahlil
  • CARDSYSTEM
  • Kiosk komissiya 0%
  • Telegram yordam
  • Yechish komissiyasi 6%
Ariza yuborish
Business
129 990 so'm/oy
Yirik korxona va integratsiya uchun.
  • 10x Tezroq jarayon
  • Kabinet premium dizayn
  • Cheksiz tranzaksiya
  • Shaxsiy menejer
  • Cheksiz kassalar
  • Haftalik oshirilgan yechish limiti
  • Pul yechish - 24/48 soat
  • CARDSYSTEM
  • Kiosk komissiya 0%
  • API kengaytmalar
  • API v2 support
  • 24/7 yordam
  • Support TG Group
  • Bepul Tasdiqlangan belgisi
  • Yechish komissiyasi 6%
Ariza yuborish
Barcha tariflar va tafsilotlar
Sharhlar

Mijozlar fikri

inPAY orqali to'lov qabul qilayotgan bizneslarning haqiqiy fikrlari.

4.9 31 ta baho asosida

Juda zo'r to'lov tizimi bu to'lov tizimidan foydalanfanimga ancha vaqt bo'layapti hech qanday muammolar kuzatganim yo'q katta rahmat inpay.uz jamoasiga

Iskandarov Sarvar Samandarovich NeoTerra 24.10.2026

Menga yoqdi, yaxshi service

HOMIDOV DIYORBEK BAHTIYOR O'G'LI Prava 365 24.10.2026

Generals mobile online loyiha ijtimoiy tarmoqlarda va serverlarda

Muhiddin Azizqulov Shavkat oʻgʻli Generals mobile online1 23.10.2026

hammasi zo'r.loyihani endi ishga tushiraman

Rustam Anvarovich Erkinov online 21.10.2026

Inpay menga yoqdi qulay to'lov qulay api xammasi zo'r

Shohrux EliteHost World Wide Hosting 20.10.2026

Juda yaxshi, supportlari ham juda tez muammolarni hal etishadi.

ABDUQODIROV DILMUHAMMAD SODIRJON O'G'LI 20.10.2026

gog god god giod fiœkkn

ismoilov Abdurahim manyaktv 19.10.2026

Hujjat ai uchun to’lov turi metal do savanna Susan ko’rmoqchiman

Mavlonov Mehroj Jaxongir ug'li Hujjat Ai 18.10.2026

Komissiyani biroz kamaytirish kerak.

Ilyos Khudayberganov Educontest 11.10.2026

Bizga ishonadigan bizneslar

ArticraftArticraft
CanvoraCanvora
GOXOST.NETGOXOST.NET
NerezyNerezy
KonstruktorbotKonstruktorbot
IntizomIntizom
avtopay.uzavtopay.uz
Tezkor YetkazTezkor Yetkaz
TezpaycomTezpaycom

inPAY — O'zbekiston biznesi uchun to'lov infratuzilmasi

Biz onlayn to'lovlarni har qanday biznes uchun sodda, tez va xavfsiz qilishga intilamiz. Kichik do'kondan yirik platformagacha — inPAY sizning to'lov oqimingizni bir joyda birlashtiradi.

Payme, Click, PLUM va Paynet integratsiyalari, onlayn do'kon, hisobotlar va bank darajasidagi xavfsizlik — barchasi yagona kabinetda.

Tez integratsiya5 daqiqada to'lov qabul qiling
XavfsizlikShifrlash, imzo, hujum himoyasi
Qo'llab-quvvatlashHar doim yoningizda
3 tilO'zbek, rus, ingliz
Savol-javob

Ko'p so'raladigan savollar

inPAY nima?

inPAY — O'zbekistondagi biznes uchun yagona to'lov platformasi: Payme, Click, Plum va Paynet'ni bitta hisobda birlashtiradi, to'lov havolalari, onlayn do'kon va hisobotlar bilan.

Ro'yxatdan o'tish pullikmi?

Yo'q. Ro'yxatdan o'tish bepul. Siz faqat tanlagan tarif va tranzaksiyalar uchun to'laysiz.

Pulni qachon yechib olaman?

Mablag'ni istalgan vaqtda kartaga yoki bank hisob raqamiga yechib olishingiz mumkin. Yechish komissiyasi 6%.

Xavfsizmi?

Ha. Barcha to'lovlar shifrlangan, provayder imzolari tekshiriladi, hujum-aniqlash va bloklash tizimi ishlaydi.

Kassa qancha vaqtda tasdiqlanadi?

Veb-sayt va Telegram kassalari odatda 3–5 ish kuni ichida ko'rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Donat kassasi tekshiruvni kutmaydi — yaratilishi bilan faollashadi. Holatni «Kassalar» bo'limida ko'rasiz.

Bir nechta kassa ochsam bo'ladimi?

Ha. Har bir loyiha uchun alohida kassa ochishingiz mumkin; nechta ochish mumkinligi tarifingizga bog'liq. Saytingiz ham, Telegram botingiz ham bo'lsa — har biri uchun alohida kassa yarating.

Identifikatsiya nima uchun kerak?

Identifikatsiya — shaxsingizni hujjat orqali tasdiqlash. U hisobingizni himoya qiladi va firibgarlikning oldini oladi. Identifikatsiyadan o'tmasdan pul yechib bo'lmaydi.

Minimal yechish summasi qancha va pul qachon tushadi?

Minimal yechish summasi — 100 000 so'm. Pul avtomatik yechilmaydi: ariza yuborasiz, u ko'rib chiqiladi va pul odatda 48 soat ichida o'tkaziladi.

Donat kassasi nima?

Donat kassasi — xayriya va qo'llab-quvvatlash to'lovlarini qabul qilish uchun mo'ljallangan kassa turi. U tekshiruvni kutmasdan darhol ishlay boshlaydi. Mahsulot yoki xizmat sotish uchun veb-sayt yoki Telegram kassasidan foydalaning.

O'z Click yoki Payme kalitim bilan ishlasam bo'ladimi?

Ha, bu BYOK rejimi. Pul to'g'ridan-to'g'ri sizning Click/Payme hisobingizga tushadi va tranzaksiyadan komissiya olinmaydi — buning o'rniga oylik obuna to'lanadi. Rejimga o'tish administrator tasdig'idan keyin yoqiladi.

Telegram bot orqali to'lov qabul qilsam bo'ladimi?

Ha. Telegram kassasini oching va API orqali to'lov havolasini yarating — mijoz havola orqali to'laydi, natija esa botingizga webhook bilan keladi. Tayyor kod namunalari API hujjatlarida bor.

API so'rovim «IP ruxsat etilmagan» deb rad etilyapti. Nima qilay?

Kassa sozlamalarida serveringizning IP manzilini ruxsat etilganlar ro'yxatiga qo'shing yoki IP rejimini «optional» ga o'tkazing. «Strict» rejimida ro'yxat bo'sh bo'lsa, barcha so'rovlar rad etiladi.

Xavfsizlik

Firibgarlik holatida ariza qoldiring

Sizni aldashsa yoki firibgarlik holatiga duch kelsangiz — formani to'ldiring. inPAY faqat vositachi bo'lib, huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qiladi.

  1. 1
    Formani to'ldiringTelefon raqamingiz va nima bo'lganini yozing — qancha batafsil bo'lsa, shuncha yaxshi.
  2. 2
    Ariza xavfsizlik bo'limiga tushadiHar bir ariza ko'rib chiqiladi.
  3. 3
    Zarur bo'lsa, siz bilan bog'lanamizQo'shimcha ma'lumot kerak bo'lsa, ko'rsatgan raqamingizga murojaat qilamiz.
SMS kodini, karta parolini yoki CVV kodini hech kimga aytmang — o'zini inPAY xodimi deb tanishtirgan odamga ham.

Ma'lumotlaringiz maxfiy saqlanadi va faqat tekshiruv uchun ishlatiladi.

Biznesingizni bugun raqamlashtiring

Ro'yxatdan o'ting va bir necha daqiqada to'lov qabul qilishni boshlang.