Rasmiy hujjat · ommaviy oferta inpay.uz · Yuridik ma'lumotlar · Русская версия
inPAY.uzTo'lov xizmatlari platformasi
Kuchda

Ommaviy oferta

Ushbu Ommaviy oferta (keyingi o‘rinlarda — “Shartnoma”) “OCHILBOYEV NURILLO NODIRJON O‘G‘LI” Yakka tartibdagi tadbirkor (keyingi o‘rinlarda — “Xizmat ko‘rsatuvchi”) tomonidan e’lon qilinadi va Xizmat ko‘rsatuvchi hamda inPAY.uz platformasidan foydalanuvchi (keyingi o‘rinlarda — “Foydalanuvchi”) o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Shartnoma O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek umummilliy va xalqaro to‘lov tizimlari, jumladan YooKassa talablari asosida yuritiladi. Platformadan ro‘yxatdan o‘tish yoki foydalanish Foydalanuvchining ushbu Shartnoma shartlariga to‘liq va so‘zsiz rozilik bildirganini anglatadi.

Oxirgi yangilanish: 04.10.2026 PDF · 396 KB Yuklab olish Chop etish
§

Xizmat ko‘rsatuvchi rekvizitlari

Xizmat ko‘rsatuvchi “OCHILBOYEV NURILLO NODIRJON O‘G‘LI” YaTT
STIR (INN) 641025183
JSHSHIR (PINFL) 52802046980020
Bank TBC Bank
Hisob raqami (H/R) 2021 8000 0073 2179 7002
Manzil Farg‘ona viloyati, Furqat tumani, Eshon MFY, Nurafshon ko‘chasi, 204
Telefon +998 33 571-77-17
Elektron pochta nurilloochilboyev@gmail.com
1

Hamkorlikni boshlash talablari

  • 1.1.inPAY.uz veb-sayti, Telegram boti va boshqa loyihalarimizdan ro‘yxatdan o‘tgan har qanday shaxs ushbu Shartnomaga rozilik bildirgan hisoblanadi.
  • 1.2.Ushbu Shartnoma Xizmat ko‘rsatuvchining bir tomonlama qaroriga asosan bekor qilinishi mumkin.
  • 1.3.Xizmat ko‘rsatuvchi Shartnomaning bekor qilinish sababini maxfiy saqlash huquqiga ega.
2

Taqiqlangan materiallar bilan ishlash

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlatilishi taqiqlangan barcha mahsulotlardan foydalanish taqiqlanadi.
  • Pornografik materiallar yaratish, qayta ishlash va tarqatish man etiladi.
  • Terroristik ma’lumotlar yaratish va tarqatish taqiqlanadi.
  • Bukmeker, moliyaviy piramida va pul yuvish loyihalari qat’iyan man etiladi.
Foydalanuvchi yuqorida ko‘rsatilgan taqiqlangan materiallardan foydalanganda Shartnoma Xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan bekor qilinadi.
3

Xizmat ko‘rsatuvchining majburiyatlari

  • 3.1.Onlayn to‘lovlarni amalga oshirishni o‘z zimmasiga oladi.
  • 3.2.Har qanday yangilanish to‘g‘risida Foydalanuvchilarni xabardor qiladi. Yangilanishlar inPAY.uz rasmiy sahifalari hamda Telegramdagi rasmiy @inPAYuzbot orqali yetkaziladi.
4

Foydalanuvchining majburiyatlari

  • 4.1.Ushbu Shartnoma qoidalariga qat’iy amal qilishi shart.
  • 4.2.inPAY.uz ma’lumotlaridan foydalanganda saytni manba sifatida ko‘rsatishi shart.
  • 4.3.inPAY.uz nomidan boshqa joylarda ma’lumot tarqatishi taqiqlanadi.
  • 4.4.Xizmatdan istalgan vaqtda voz kechish huquqiga ega.
  • 4.5.O‘z ma’lumotlarini yangilash va o‘chirish huquqiga ega.
  • 4.6.Shikoyat va taklif bildirish huquqiga ega.
5

Foydalanuvchilar bilishi kerak bo‘lgan talablar

  • 5.1.Ushbu Shartnoma istalgan vaqtda Xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan o‘zgartirilishi yoki unga qo‘shimcha kiritilishi mumkin.
  • 5.2.Yangilangan Shartnoma inPAY.uz rasmiy saytida e’lon qilinadi.
6

To‘lov uchun asosiy talablar

6.1. Umumiy qoidalar

Hamkor platformadan foydalanish orqali ushbu Shartnomaga rozilik bildiradi.

6.2. Tomonlarning majburiyatlari

inPAY.uz — xizmatlarni sifatli ko‘rsatish va qonuniy to‘lovlarni amalga oshirish; Hamkor — faqat haqiqiy va qonuniy ma’lumotlarni taqdim etish.

6.3. Hujjatlarni taqdim etish

Hamkor hujjatlarni platforma orqali yuklashi shart. Barcha hujjatlar inPAY.uz ma’muriyati tomonidan tekshiriladi.

6.4. Qonuniy mas’uliyat

Soxta yoki noqonuniy ma’lumotlar taqdim etilsa, Shartnoma bekor qilinadi va qonuniy choralar ko‘riladi.

6.5. Shartnomani o‘zgartirish

inPAY.uz istalgan vaqtda Shartnomaga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega. Yangilangan shartlar e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

6.6. Pul yechish va to‘lov

Hamkor uchun platformadan pul yechish komissiyasi tizimda belgilangan komissiya asosida hisoblanadi. Komissiya miqdori tanlangan tarif va to‘lov usuliga qarab farq qilishi mumkin hamda har bir operatsiya tasdiqlanishidan oldin ko‘rsatiladi.

6.7. Komissiya

Har bir pul yechib olish uchun tizim komissiyasi ushlab qolinadi; uning miqdori operatsiya tasdiqlanishidan oldin ko‘rsatiladi.

6.8. REFUND (qaytarish) tizimi

To‘lov bekor qilingan yoki noto‘g‘ri amalga oshirilgan holatda, Foydalanuvchi REFUND (pulni qaytarish) so‘rashi mumkin. Refund muddati 5–7 ish kunini tashkil etadi. Pul faqat Foydalanuvchining o‘z hisobiga qaytariladi.

Kartangizdan siz bilmagan holda pul yechilgan bo‘lsa — inpay.uz/dispute sahifasi orqali ariza qoldiring. Ariza xavfsizlik bo‘limiga tushadi va tekshiruv boshlanadi.
7

Maxfiylik siyosati

Biz Foydalanuvchilardan qanday ma’lumotlarni olamiz?
Biz bilan hamkorlik qilayotgan Foydalanuvchilardan asosan elektron pochta, ism va Telegram ID ma’lumotlari qabul qilinadi. Ushbu ma’lumotlar xizmatlarimizni yetkazish va Foydalanuvchi ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlash uchun talab qilinadi.
Ma’lumotlar uchinchi shaxslarga beriladimi?
Yo‘q. Biz hech qanday ma’lumotni uchinchi shaxslar bilan baham ko‘rmaymiz. Asosiy qoidalarimizga ko‘ra Foydalanuvchilar ma’lumotlari maxfiy saqlanadi.
Foydalanuvchidan boshqa ma’lumotlar talab qilinishi mumkinmi?
Ha, loyihalarimizni rivojlantirish davomida Foydalanuvchilardan yangi ma’lumotlar talab qilinishi mumkin. Bunday ma’lumotlar Foydalanuvchi ogohlantirilgan holda qabul qilinadi. Ba’zi hollarda buyurtmalarni boshqarishda Foydalanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar ham talab qilinishi mumkin. Ushbu ma’lumotlar har qanday holatda ham maxfiy saqlanadi.
Foydalanuvchilar ma’lumotlarini o‘chirishi mumkinmi?
Ha. Foydalanuvchilar istalgan vaqtda o‘z ma’lumotlarini to‘liq o‘chirishni so‘rab ariza yuborishlari mumkin. Buning uchun inpay.uz/account-delete sahifasi orqali ariza qoldirish yoki @inpayuz_support Telegram yordam xizmatiga o‘chirilishi kerak bo‘lgan hisobga bog‘langan Telegram orqali xabar yuborish yetarli. Ma’lumotlar 3 ish kuni ichida o‘chiriladi va natija Foydalanuvchi profiliga xabar qilinadi.
Foydalanuvchi ma’lumotlaridan foydalanish
Foydalanuvchi ushbu Shartnomaga rozilik bildirgan holda o‘z ma’lumotlarini qayta ishlashga ruxsat beradi. inPAY.uz saytida cookie va loglardan foydalaniladi; ular xizmat sifatini oshirish maqsadida qo‘llanadi.
O‘chirilgan ma’lumotlarni tiklash mumkinmi?
Yo‘q. O‘chirilgan ma’lumotlar uchun javobgarlik bo‘lmaydi va ularni tiklash imkoniyati mavjud emas.
8

Biz bilan bog‘lanish

Savol, taklif yoki muammo bo‘lsa, quyidagi rekvizitlar orqali biz bilan bog‘lanishingiz mumkin:

Qo‘llab-quvvatlash xizmatisupport@inpay.uz
Rahbar bilan shaxsiy masalalarnurilloochilboyev@gmail.com
Telefon+998 33 571-77-17
Texnik qo‘llab-quvvatlash (Telegram)@inpayuz_support
Rasmiy bot@inPAYuzbot
ManzilFarg‘ona viloyati, Furqat tumani, Eshon MFY, Nurafshon ko‘chasi, 204
Ushbu sahifa amaldagi ofertaning to‘liq matni. Bir xil hujjatning PDF nusxasi /documents/contract.pdf manzilida, boshqa rasmiy hujjatlar esa Yuridik ma'lumotlar bo‘limida e’lon qilingan.
© 2026 inPAY.uz · YaTT "OCHILBOYEV N.N." · Barcha huquqlar himoyalangan
Bosh sahifa · Yuridik ma'lumotlar · Русская версия · Akkauntni o'chirish · Chop etish