BYOK rejimidan foydalanish — inPAY
Kassa sozlamalariga qaytish
BYOK rejimi

O'z kalitlaringiz bilan — BYOK

BYOK (Bring Your Own Keys) rejimida to'lovlar inPAY orqali emas, sizning o'z Click va Payme kassangiz orqali qabul qilinadi. Pul to'g'ridan-to'g'ri sizning bank hisobingizga tushadi, har tranzaksiyadan foiz olinmaydi — faqat oylik obuna. Quyida bosqichma-bosqich ulash qo'llanmasi.

Rejim
BYOK
Pul
O'z bankingizga
0% komissiya
Standard tarif
0%
Tranzaksiya komissiyasi
To'g'ridan-to'g'ri
O'z bank hisobingizga
Click + Payme
Qo'llab-quvvatlanadi
Oylik obuna
Foiz o'rniga
Qanday ishlaydi BYOK ni ulash — 5 qadam
1
Kassani BYOK rejimiga o'tkazing
Kabinetda Kassa sozlamalari → 3 nuqta → Rejimni o'zgartirish → BYOK ni tanlab sabab yozing. Admin tasdiqlagach rejim faollashadi.
2
O'z Click / Payme kassangizni oching
BYOK uchun sizda alohida o'z Click servisingiz (merchant.click.uz) va/yoki Payme kassangiz (merchant.payme.uz) bo'lishi shart.
3
Kalitlarni inPAY ga kiriting
KassaKalitlar (/merchant/byok-keys/) sahifasida Click va Payme kalitlaringizni kiriting. Kalitlar AES bilan shifrlangan holda saqlanadi.
4
Webhook URL ni kabinetga yozing
Kalitlar sahifasidagi Webhook URL ni o'z Click/Payme kabinetingiz sozlamasiga qo'ying (pastda batafsil). Shusiz to'lov tasdiqlanmaydi.
5
Test ulanish va ishga tushirish
"Test ulanish" tugmasi bilan kalitlarni tasdiqlang. ✓ bo'lsa — checkout'da Click/Payme tugmalari o'z kassangiz orqali ishlaydi, pul to'g'ridan-to'g'ri sizga keladi.
Eng muhim qoida. Bu sahifaga inPAY ning Click/Payme kalitlarini yoki cashbox ID sini kiritmang. BYOK mijozning O'Z kassasini talab qiladi. Bitta Payme kassasini bir vaqtda global va BYOK rejimda ishlatib bo'lmaydi (bitta kassa = bitta callback + bitta kalit).
Click ni ulash merchant.click.uz → Merchant kabinet
1
Servis kalitlarini oling
Click merchant kabinet → Servisingiz → Sozlamalar: Service ID, Merchant ID, Secret Key (va mavjud bo'lsa Merchant User ID).
2
Webhook URL ni qo'ying
Servis sozlamasidagi "Prepare URL" va "Complete URL" (ikkalasi ham) maydoniga:
https://inpay.uz/payments/click/?m=<kassa_id>
Aniq manzil Kalitlar sahifasida ko'rsatilgan.
3
inPAY ga kiriting va saqlang
/merchant/byok-keys/ sahifasida Click kalitlarini kiriting → "Test ulanish" → "Saqlash".
Payme ni ulash merchant.payme.uz → Kassa
1
Cashbox ID va KEY ni oling
Payme kabinet → kassangiz: URL'dagi 24 ta hex belgi — bu Cashbox ID. Sozlamalar → Merchant API tabidan KEY ni oling.
2
Endpoint (webhook) ni qo'ying
Sozlamalar → Asosiy → "Endpoint" maydoniga:
https://inpay.uz/payments/payme/?m=<kassa_id>
3
To'lov rekvizitlari maydonlarini qo'shing
Sozlamalar → To'lov rekvizitlari bo'limiga quyidagi 3 ta maydonni AYNAN qo'shing (pastdagi jadval). inPAY ularni har tranzaksiyada avtomatik to'ldiradi.
4
inPAY ga kiriting va saqlang
/merchant/byok-keys/ sahifasida Cashbox ID va KEY ni kiriting → "Test ulanish" → "Saqlash".
Payme — to'lov rekvizitlari maydonlari merchant.payme.uz da qo'shiladi
NomlanishiKo'rsatiladigan nomiMajburiyValidatsiya
inPAYproviderHa^[a-zA-Zа-яА-ЯёЁ]+$ — qiymat doim provider
ididHa^[0-9]+$ — 16 raqamli Payme ID
order_idorder_idHa^[a-zA-Z0-9]+$ — buyurtma kodi
Webhook URL ni qayerdan olaman? Har bir kassa uchun aniq manzil (?m= raqami bilan) Kalitlar sahifasida tayyor ko'rsatilgan — "Nusxa olish" tugmasi bilan oling.
Obuna va to'lov Foiz o'rniga oylik
Foiz olinmaydi
BYOK da har tranzaksiyadan komissiya yo'q — pul to'liq sizning hisobingizga tushadi.
Oylik obuna
Buning o'rniga tanlangan tarif bo'yicha oylik obuna ishlaydi (tranzaksiya kvotasi bilan). Tariflar kassa yaratishda yoki /merchant/create da ko'rsatilgan.
Hisobot inPAY panelida
Pul sizga kelса ham, barcha tranzaksiyalar inPAY panelida ko'rinadi — statistika va bank uslubidagi PDF hisob qaydnomasi (QR + PIN bilan).
BYOK ulashda yordam kerakmi?
Click/Payme kalitlari, webhook yoki "Test ulanish" bo'yicha savol bo'lsa — texnik jamoamiz Telegram va email orqali yordam beradi.